📚 VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida XX-asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan 🗣 kitobxonlar ishtirokida “Bizning jadidlar” mavzusida davra suhbat

"Kitobxonlik haftaligi-2026" 📅 Bugun, 15-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 📚 VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida XX-asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan 🗣 kitobxonlar ishtirokida “Bizning jadidlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📖 Tadbir davomida jadid adabiyoti, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda Abdulla Qodiriy ijodi haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. 👥 Ishtirokchilar o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, adib merosiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. 🌟 Mazkur uchrashuv yosh avlodni milliy qadriyatlar va boy adabiy merosimizni yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.