"Xalqaro do'stlik kuni" munosabati bilan"O'zbekiston umumiy uyimiz" shiori ostida ma'naviy ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 27-iyul kuni Baxmal tuman madaniyat markazida tuman ma'naviyat bo'limi,axborot-kutubxona markazi va tegishli tashkilotlar hamkorligida "Xalqaro do'stlik kuni" munosabati bilan "O'zbekiston umumiy uyimiz" shiori ostida ma'naviy ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonidan 150 nomdagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Milliyligimizni o'zida aks ettiruvchi liboslar,raqslar va kuy qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.