Xalqaro oila kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi .
Joriy yilning 15 may kuni Baxmal tuman xokimligi oila va xotin qizlar bo`limi,9255- xarbiy qism va tuman axborot –kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda 15-may –Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila mustahkamligi oyligi” yuzasidan Uzunbuloq QFY hududida Halima Xudayberdiyeva xotirasiga bag`ishlab davra suhbati tashkil etildi . Ushbu ma`naviy tadbirda oila va xotin qizlar bo`limi rahbari X. Boymurodova O`zbekiston xalq shoiri , el yurt hurmati ordeni sohibi Halima Xudayberdiyevaning xayoti va ijodi xaqida davra ishtirokchilarga atroflicha ma`lumotlar berildi. Ushbu ma`naviy tadbirda 20 nafar ayollar ishtirok etdilar.