#Xon_atlas 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bolalar allasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
#Xon_atlas
✅"Xon Atlas o'n kunligi" doirasida 18 sentabr kuni Baxmal tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bolalar allasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda bog’cha xodimlari tomonidan tashkil etilib, unda bolalar allasi, milliy qadriyatlar, ona mehr-muhabbatini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar haqida so‘z yuritildi. Bolalarga allaning tarbiyaviy ahamiyati tushuntirildi, allalar jonli ijroda yangradi. Tadbirda ishtirokchilarga milliy urf-odatlarimizni asrash va davom ettirish g‘oyasi yetkazildi.