“Xon atlas o‘n kunligi” doirasida kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy viktorina tashkil etildi.
#Xon_atlas
✅Joriy yilning 17 sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Xon atlas o‘n kunligi” doirasida kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy viktorina tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va qadimiy hunarmandchilik an’analarini yosh avlod qalbiga singdirish, ularni tarixiy merosga mehr va hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Viktorinada umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdilar. Savollar asosan Xon atlas matosining tarixi, ishlab chiqarish texnologiyasi, naqshlarining ma’nosi, shuningdek, ipakchilik an’analariga oid bo‘ldi. Ishtirokchilar Xon atlasga oid afsonalar, tarixiy shaxslar va hunarmandlik markazlari haqida ham o‘z bilimlarini namoyish etishdi.v