"Xonatlas-2024" haftaligi doirasida milliy liboslar ko'rgazmasi.
“Atlas” so’zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma`noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a`lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. O’zbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uyg’unlashib, matoda yaxlit go’zal bir naqshni hosil qiladi. Bundan tashqari atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini bugungi kunda uchratishingiz mumkin.Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida "Xonatlas-2024" haftaligi doirasida milliy liboslar ko'rgazmasi tashkil etildi.Ushbu ko'rgazmada axborot-kutubxona markazi xodimlari milliyligimizni o'zida mujassam etgan atlas va adras liboslarini namoyish etishdi.


