“Xotira abadiy – Qadr muqaddas!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr-insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etish olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Ayni kunlarda mamlakatimizda bu bayram yuqori kayfiyat va shukuhda nishonlanmoqda hamda sana munosabati bilan 2026-yil 8-may kuni Baxmal tuman Axborot -kutubxona markazi xodimlari tamonidan “Xotira abadiy – Qadr muqaddas!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.