Xotira va qadrlash kuniv
Joriy yilning 8-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 5-sonli DMMTT ga tashrif buyurdi.Tashrif davomida bolajonlarga 9-may “ Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “O’zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi” nomli kitobi targ’ibot qilindi. Mutaxassislar bolajonlarni ushbu kitobda berilgan ikkinchi jahon urushida yurtimiz tinchligi uchun qahramonlarcha jonini fido qilgan hamda g’alaba bilan qaytgan yurtdoshlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirdi.