Xush kelding-Navro’zi olam”deb nomlangan bayram tadbirini ko‘tarinki ruhda nishonladi.
Bahor kelishi barcha davrlarda odamlarning hayotidagi eng quvonchli hodisa bo‘lgan. Odamlar uni tabiatning uyg‘onishi, hayot tantanasi, saxovatli hosildor yilga bo‘lgan umidlar bayrami deb bilgan.Milliy bayramlarimizdan biri “Navro‘z” aynan bahor faslida nishonlanishi ham hech kimga sir emas albatta.Bu bayramni nishonlash uchun barcha puxta tayyorgarlik ko‘rishadi.
Joriy yilnig 20 mart kuni Baxmal tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Xush kelding-Navro’zi olam”deb nomlangan bayram tadbirini ko‘tarinki ruhda nishonladi.Bayram tadbirida milliy sport o‘yinlaridan arqon tortish,kurash,milliy raqslar va kuy qo’shiqlar,laparlar,aytishuvlar,kelin salom va qiziqarli sahna ko’rinishlari namoyish etildi.Shu bilan bir qatorda a’lochi o‘quvchilar hamda axborot-kutubxona markazining eng faol kitobxon o‘quvchilari maqtov yorlig‘I va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.