Yangi adabiyotlar maktab o‘quvchilariga targ‘ib qilindi

Yangi adabiyotlar maktab o‘quvchilariga targ‘ib qilindi 📚Joriy yilning 26-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ib qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodga kitob o‘qishning ahamiyatini yetkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.