🚍 YANGI AVTODROM — YANGI  IMKONIYATLAR  MASKANI

🚍 YANGI AVTODROM — YANGI  IMKONIYATLAR  MASKANI 📅 28-avgust kuni Baxmal tumanining “Fidokor” mahallasida joylashgan 2-son texnikumida yangi avtodromning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdi. 📚 Ko‘rgazmadan turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va ommabop adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir ishtirokchilari kitoblar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 📖 Yangi imkoniyatlar, zamonaviy texnika va kitob bilan uyg‘unlashgan ma’rifat — yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevordir. Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish yo‘lidagi targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etishda davom etadi.