Yangi kitob taqdimoti.

Joriy yilning 23-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Baxmallik shoir Majid Hasanning "Eslab-eslab" nomli kitobi taqdimoti o'tkazildi.O'tkazilgan taqdimotda shoirning hayoti va ijodi yozgan kitoblari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.