Yangi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi
Yangi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi
📚Joriy yilning 3-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Uzunbuloq mahallasi 92/55-sonli harbiy qism hududida faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxonada yangi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlarini ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan yanada yaqindan tanishtirish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
📚Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, zamonaviy ilmiy-ommabop kitoblar, tarix, psixologiya, vatanparvarlik ruhidagi asarlar,bolalar adabiyoti hamda yangi nashr etilgan adabiyotlar namoyish qilindi. Harbiy xizmatchilar farzandlari ko‘rgazma davomida o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.