Yangi kitoblar targ'iboti.

❇️Yangi kitoblar targ'iboti❇️ ✅Yoshlar qalbida kitobga bo’lgan mehrni uyg’otish va kitobxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ’ibot tadbirlari muntazam o’tkazib kelinmoqda.Joriy yilning 24-dekabr kuni AKM mutaxassislari tomonidan tumandagi 6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida yangi kelgan kitoblar targ’iboti o’tkazildi.Unda 6 nomdagi bolalar uchun mo’ljallangan yangi kitoblar targ’ib qilindi.AKM mutaxassisi tomonidan kutubxona kitob fondi,kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.