Yangi kitoblar targ‘iboti
Yangi kitoblar targ‘iboti
📚5-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun kutubxonaga kelgan yangi kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga turli yo‘nalishlardagi eng yangi adabiy manbalar taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati, o‘quvchiga beradigan tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida yosh kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, o‘qish madaniyatini shakllantirish va kitobning hayotdagi o‘rnini chuqur anglashga xizmat qiladigan qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.
Mazkur targ‘ibot o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish orqali bilim doirasini kengaytirishga xizmat qildi. Tadbir samimiy, mazmunli va o‘quvchilar uchun foydali ruhda o‘tdi.