Yangi kitoblar — yangi imkoniyatlar!
Yangi kitoblar — yangi imkoniyatlar!
📚 1-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan 81-maktabda kutubxonaga kelib tushgan yangi adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga turli janrlardagi yangi kitoblar, ulardagi qiziqarli voqealar va ular orqali olamni kashf etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, yosh avlod qalbida mutolaa madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📚Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar yuzasidan savollar berishdi va o‘zlari tanlagan adabiyotlarni o‘qish istagini bildirishdi.
Kitob — ma’rifat manbai!
📚Kutubxona bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kengaytirib, yoshlar uchun doimo ochiq bo‘lib qoladi.