📚 Yangi kitobxonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi Joriy yilning 20-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yangi tashrif buyurgan kitobxonlar bilan mazmunli va samimiy suhbat tashkil etildi.

📚 Yangi kitobxonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi Joriy yilning 20-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yangi tashrif buyurgan kitobxonlar bilan mazmunli va samimiy suhbat tashkil etildi. Mazkur suhbat Baxmal AKM bibliografiya xizmati rahbari Haydarov Farxod tomonidan olib borildi. Suhbat davomida yangi a’zo kitobxonlarga kutubxonaning imkoniyatlari, xizmat turlari, kitob fondidan foydalanish tartibi hamda zamonaviy axborot-resurslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxonlarning qiziqishlari o‘rganilib, ularga mos badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etildi. Uchrashuv davomida mutolaaning inson tafakkuri va ma’naviy rivojlanishidagi ahamiyati haqida ham fikr almashildi. 📖 Suhbat yakunida yangi kitobxonlar kutubxona faoliyatiga katta qiziqish bildirgan holda, kelgusida faol kitobxon bo‘lish istaklarini bildirdilar.