Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi,xalqimiz faxri

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi,xalqimiz faxri” shiori ostida joriy yilning 13-yanvar kuni tumandagi 1-umumiy o‘rta ta lim maktabida “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida o‘quvchilar bilan siz vatan deganda,vatanni himoya qilish va muqaddas burch deganda nimalarni tushunasiz deb berilgan savollarga o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.Shundan so‘ng Fransiyalik taniqli yozuvchi Marsel Brionning “Menkim fotih Temur” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.