🖥 “YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI”
🖥 “YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI”
📚22-sentabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Tanlovda viloyatdagi 12 ta tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o‘z bilim, mahorat va kasbiy salohiyatlarini namoyish etdilar.
👏 Mazkur nufuzli tanlovda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi Shodiyeva Inoyat munosib ishtirok etib, TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.
🌟 Ushbu e’tirof Inoyat Shodiyevaning o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyati, fidoyiligi va kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lidagi mehnatining munosib natijasidir.
💐 Shodiyeva Inoyatni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!