Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz.
Yozgi ta'tilda o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda yoshlar bilan turli davra suhbatlari ,kitob ko'rgazmalri,kitobxonlik targ'ibotlari tashkil etib kelinmoqda.Jumladan joriy yilning 1-iyul kuni "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida Do'stlik MFY hududida kitobxonlik targ'iboti tashkil etildi.Ushbu kitobxonlik targ'ibotida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kutubxonaga kelgan yangi kitoblar haqida ma'lumotlar berildi.