Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kutubxonaga jalb qilish maqsadida mahallalarda turli targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.Shunday tadbirlardan biri 15-avgust kuni "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida tumandagi Do'stlik MFY "Mustaqillik" ko'chasida o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibot tadbirida AKM mutaxassislari tomonidan kitob o'qishning inson salomatligi uchun foydali jihatlari,kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar va kutbxona kitob fondi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Targ'ibot davomida 12 nafar mahalla aholisi kutubxonaga yangi a'zo bo'lishdi.