Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz.
Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi orasida turli xil targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.Jumladan joriy yilning 2-aprel kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Novqa MFY hududida "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitoblar targ'iboti o'tkazildi. O'tkazilgan targ'ibotda axborot-kutubxona markazidagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi va kutubxonada mavjud yangi kelgan kitoblar targ'ib qilindi.