Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz

Joriy yilning 31-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Do'stlik MFY hududida "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik saviyasini yanada oshirish maqsadida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.Targ'ibotda ishtirok etgan kitobxonlar axborot-kutubxona markaziga yangi a'zo bo'lib qo'shildi hamda kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlarga ega bo'ldi.