Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish,yozgi ta'tilda o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli targ'ibot tadbirlari,kitob ko'rgazmalari,davra suhbatlari tashkil etilmoqda.21-iyun kuni Baxmal tuman AKM mutaxassislari tomonidan kutubxonaga yaqin bo'lgan Do'stlik MFY hududida "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitoblar targ'iboti bo'lib o'tdi.Ushbu targ'ibot tadbirida 5 nomdagi bolalar uchun kitoblar targ'ib qilindi.