“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ‘iboti tadbiri
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ‘iboti tadbiri
✅5-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida Do‘stlik mahallasida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida aholi va yoshlarga turli janrlardagi yangi va qiziqarli kitoblar namoyish etildi, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar va kattalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlashga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi.
Targ‘ibot jarayoni iliq va samimiy ruhda o‘tib, mahalla aholisida kitob mutolaasiga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi.