📚 Yosh askarlar uchun ma'rifat sayohati Joriy yilning 29-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFYda joylashgan filialiga tumandagi 92/55-sonli harbiy qismning yosh askarlari ma'rifiy sayohat bilan tashrif buyurishdi.

📚 Yosh askarlar uchun ma'rifat sayohati Joriy yilning 29-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFYda joylashgan filialiga tumandagi 92/55-sonli harbiy qismning yosh askarlari ma'rifiy sayohat bilan tashrif buyurishdi. Sayohat davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga turli yo'nalishdagi badiiy, tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etilib, mutolaaning inson kamoloti, dunyoqarashi va ma'naviy barkamolligini yuksaltirishdagi o'rni haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Yosh askarlar kutubxonadagi kitoblar va yaratilgan imkoniyatlarga katta qiziqish bildirishdi. Mazkur ma'rifiy uchrashuv ularning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.