📚 “Yosh kitobxon” tanlovining Baxmal tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi

📚 “Yosh kitobxon” tanlovining Baxmal tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalaridagi yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. 📖 Tanlovda ishtirokchilar oldindan e’lon qilingan badiiy asarlar asosida ikki shart — “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda tezkor savol-javob yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. 📊 Tanlov g‘oliblari: 🔹 10–14 yosh toifasi 🥇 Abdualimova Rayxona (Muzbuloq MFY 62-maktab) 🔹 15–19 yosh toifasi 🥇 Husanova Dilobar (Mo'g'ol MFY 11-maktab) 🔹 20–30 yosh toifasi 🥇 Kuliboyeva Gulruxsor (Shodlik MFY) 🏆 Tanlov yakunida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, har bir yosh toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tanlovning keyingi — viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.