Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari 25-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida markaz xodimlari hamda kitobxon yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari 25-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida markaz xodimlari hamda kitobxon yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Axborot-kutubxona markazi rahbari so‘zga chiqib, yoshlarning bugungi jamiyatdagi o‘rni, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishi hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati haqida fikr bildirib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirish va kelajakda yetuk inson bo‘lib kamol topish yo‘lida doimiy izlanishda bo‘lishga chaqirdi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitobxonlikni targ‘ib etishga oid fikr-mulohazalar almashildi.