Yoshlar kuni munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yoshlar kuni munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
Joriy yilning 18-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Baxmal Axborot-kutubxona markazida mahalla kitobxon yoshlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar.
Baxmal Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar qoldirdi.