✅"Yoshlar uchun 1000 kitob" loyihasi doirasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yangi kitoblar hadya qilindi.
"Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida ilmiy-ommabop kitoblar topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-380-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 23-oktabr kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ajratilgan kitoblar tuman axborot-kutubxona markazlariga beg'araz tarzda topshirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning tafakkurini boyitish hamda ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Jumladan, Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga 27 nomdagi 270 nusxadagi ilmiy-ommabop kitoblar yetkazib berildi. Ushbu kitoblar tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, jadidchilik harakati hamda iqlim o'zgarishlari kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan bo'lib, ular yoshlar va keng kitobxonlar ommasi uchun muhim manba hisoblanadi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar yoshlarni ilmga, mustaqil fikrlashga va zamonaviy bilimlarni egallashga undaydi, ularning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.