📚 Yozgi ta'til – bilim va mutolaa bilan yanada mazmunli! Joriy yilning 8-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga Do'stlik mahallasidan bir guruh o‘quvchilari yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sayohat bilan tashrif buyurdilar.

📚 Yozgi ta'til – bilim va mutolaa bilan yanada mazmunli! Joriy yilning 8-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga Do'stlik mahallasidan bir guruh o‘quvchilari yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sayohat bilan tashrif buyurdilar. Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlarini tomosha qilib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.