"Yuksaklarga eltuvchi bu-kitobdir”
Joriy yilning 17-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida taniqli o’zbek bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning tavallud kuni munosabati bilan “Yuksaklarga eltuvchi bu-kitobdir” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘n nafardan iborat tadbir ishtirokchilari 4 ta shart asosida bellashdilar.
Birinchi -tanishtiruv sharti
Ikkinchi -Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodidan savol-javob (book game).
Uchinchi – Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarini yig‘ish harflar yordamida.
To‘rtinchi –O‘qigan asarlaridan parcha aytish .
Qiziqarli va tortishuvlarga boy bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda ishtirokchilar diplom, maqtov yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Berdimurodova E’zoza I darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Abdujabborova Bahora II darajali diplom va kitob bilan taqdirlandi.
Karimov Davlatbek III darajali diplom bilan taqdirlandi.