“Zakovat” intellektual o‘yini – bilimlar bellashuvi

“Zakovat” intellektual o‘yini – bilimlar bellashuvi ✅26-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu ma’rifiy tadbir yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitish, shuningdek, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Bellashuv jarayonida ishtirokchi jamoalar tarix, adabiyot, fan-texnika, sport va umumiy dunyoqarashga oid savollarga javob berib, o‘z zakovati va topqirligini namoyon etdilar. O‘yin qizg‘in bahs-munozaralar, do‘stona raqobat va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni yangi g‘oyalar sari undashda muhim ahamiyat kasb etadi.