Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. ✅3-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlar klubi” a’zolari hamda tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularda mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan holda o‘tkazildi. 📚O‘yin davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘z zakovati, topqirligi va bilimi bilan bellashdilar. Musobaqa jarayoni qizg‘in va sermazmun ruhda o‘tdi. Bunday intellektual uchrashuvlar yoshlar ma’naviy dunyosini boyitish va ularni kitob bilan do‘stlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.